88
Bu zamon shakllari fe’l asoslariga -di, -(i)b,
-gan (-kan, -qan) qo‘shimchalarini va ulardan so‘ng
shaxs-son qo‘shimchalarini qo‘shish bilan hosil qilinadi.
219-mashq.
Gaplarni ko‘chiring. O‘tgan zamon fe’llarini toping,
ularni hozirgi zamon va kelasi zamon fe’llariga aylantirishga urinib
ko‘ring.
1. Qizlar to‘da-to‘da bo‘lib lapar aytishdi. (
N. Safarov)
2. Sinf rahbarimiz Hasan aka menga bildirmay G‘anini uyga
yuboribdilar. (
M. A’zamov) 3. Aka-ukalar to‘qayda bo‘ri, to‘ng‘iz,
tulkilar ko‘p bo‘lishini eshitishgan edi. (
X. To‘xtaboyev) 4. Mana
bu shotutni bobosi ekkan ekan. (
Sh. Otaboyev) 5. Ho‘ so‘ridagi
cholni ko‘rdinglarmi, yonidagi chollarga Navoiy g‘azallarini o‘qib
berib o‘tiribdi. (
S. Anorboyev)
220-mashq.
Gaplarni o‘qing. Nuqtalar o‘rniga o‘tgan zamon fe’llarini
yasovchi qo‘shimchalardan mosini qo‘yib, ko‘chiring.
1. Atrof ko‘m-ko‘k bo‘lib, yo‘l chetida qoqigullar, lolalar,
chuchmomalar qiyg‘os ochilib yotar... (
N. Fozilov) 2. Men juda
quvondim: mana, endi o‘sib ham qol...m, yoshim o‘n to‘rtga
kir..., odamlar menga ishonadigan bo‘lib qol..., deb ich-ichim-
dan sevin...m. (
G‘afur G‘ulom) 3. Men tez-tez Òoshkentga kelib
tur...man (
O‘. Umarbekov) 4. Bolakay tog‘lar orasida yashovchi
cho‘pon tog‘asini juda yaxshi ko‘rar... (
A. Ko‘chimov)
1. O‘tgan zamon fe’llari deb nimaga aytiladi?
2. O‘tgan zamon fe’llari qanday qo‘shimchalar yordami-
da yasaladi?
3. O‘tgan zamon fe’llariga shaxs-son qo‘shimchalari qay
tarzda qo‘shiladi?
Dostları ilə paylaş: