253-mashq. Berilgan gaðlarda buyruq-istak maylidagi fe’llarning
qanday ma’noda qo‘llanilganini tushuntiring.
1.Uyiga javob beraylik, o‘n besh-yigirma kunga borib kelsin.
(Asqad Muxtor) 2. Qog‘ozlarga keraksiz narsalarni yozma, isrof
qilsang, zor bo‘lasan. (Asqad Muxtor) 3. Yozning issiq kunlari
g‘animat ekanligini esdan ñhiqarmanglar. (Uyg‘un) 4. O‘qiylik,
do‘stlar, o‘qishning qadriga yetaylik, savodsizlik gumrohlik ekan-
ligini tushunib yetaylik. (Omon Muxtor) 5. Sen ham sezgan-
dirsan, tezroq gaðir. (Cho‘lðon)
1. Boringiz, boring fe’llari ishtirokida gaðlar tuzing va ular
o‘rtasidagi farqlarni ayting.
2. II shaxs buyruq-istak maylidagi fe’llarga misollar keltiring.
3. Hurmat ma’nosini bildiruvñhi II shaxs buyruq-istak mayli-
dagi fe’llar ishtirokida gaðlar tuzing.
254-mashq. Uyga vazifa. «Suv — hayot manbayi» mavzusida
bog‘lanishli matn tuzing. Unda ishtirok etgan fe’llarning mayllarini
aniqlang.
1-t o ð s h i r i q . Matnni o‘qing, ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning
qaysi zamon shaklida ekanini aniqlang.
Labihovuzning bahorini ko‘rganmisiz? Yo‘qsa, so‘ylab be- rayin. Buxoroga bahor erta keladi. Ilk bahor kunlaridanoq qu-
yosh kiftni kuydiradi, mitti yaðroqlardagi bo‘yoqlarni shimiradi,
binolar devori kun-bakun oqara boradi. Shamol xuddi kuzdagidek
ñhang-u g‘uborni qo‘zg‘ab, telbalarñha har yon yuguradi. O‘riklar
oððoq gullaydi, akatsiyalar o‘z shoxlarini bezaydi... (Omon Muxtor)
2-t o ð s h i r i q . 1-topshiriqda berilgan fe’llarning asoslariga
-yaðti, -yotir, -moqda qo‘shimñhalarini qo‘shing, ular ishtirokida gaðlar
tuzing.
MUSÒAHKAMLASH