SIFAÒLARNING YASALISHI
T o ð s h i r i q . Berilgan so‘zlarni tarkibiy qismlarga ajrating. Sifatlar-
ning qanday yasalganini ayting.
Shirin, oq, katta, shirali, mazmundor, serunum, kam-
hosil, ko‘ylakboð, xushfe’l.
135
BILIB OLING.
Sifatlar tarkibiga ko‘ra tub va yasa-
ma sifatlarga bo‘linadi. Òarkibida so‘z yasovchi
qo‘shimchalar bo‘lmagan sifatlar tub sifatlar, asos va so‘z
yasovñhi qismdan iborat bo‘lgan sifatlar yasama sifatlar
hisoblanadi. Yasama sifatlar asosga qo‘shimñhalar qo‘shish
yoki so‘z qo‘shish yo‘li bilan hosil qilinadi.
340-mashq.
Oybekning «Bolalik» asaridan olingan gaðlarni o‘qing.
Qavs iñhidagi sifat yasovñhi qo‘shimñhalardan mosini nuqtalar o‘rniga
qo‘yib, ko‘ñhiring.
1. Otinbibi qari, jiddiy, (bo-, ser-, no-)... savlat xotin.
2. O‘yma... (-gar, -li, -kor) gullari bilinmaydigan darajada
o‘ñhgan, qo‘sh tabaqa... (-siz, -li, -dor) eski eshikka kiramiz.
3. Poñhñham ellikdan oshgan, novñha, kasal... (-ñhan, -kash,
-mand), rangðar kishi. 4. Cho‘ðonlar sez... (-qur, -gir, -kir),
itlar ham ziyrak, bo‘ridan ayyor. 5. Do‘mbirañhi qadim... (-iy,
-gi, -dor) qozoq hayotidan dostonlar kuylamoqda.
341-mashq.
Matnni o‘qing. Sifatlarni topib, izohlang.
1. Oldimizda mevali va mevasiz daraxtlari ko‘ð bo‘lgan
o‘rmon. Arñha ham serob. O‘riklarning yaðrog‘i qizil, qon-
talash. Õuddi birov ular shoxiga bir satil qizil bo‘yoqni seðib
tashlaganday. Pastga egilgan yaðroqlari sariq iðakday mayin.
Ko‘zga shunday jozibali ko‘rinadiki, uzib-uzib g‘arñh-
g‘urñh tishlaging keladi. (Sh. Õolmirzayev) 2. Hindubek turkiy,
forsiy tillarni mukammal o‘rgangan ilmli, ma’rifatli, dilkash
kishi bo‘lganligi uchun Boburning eng yaqin beklari qatoriga
kirgan edi. (P. Qodirov) 3. Suv shishadek tiniq. (S. Anor-
boyev) 4. Hozir ular uchun eng bexatar yo‘l Toshkent edi.
(P. Qodirov)
1. Òub sifatlar deb qanday sifatlarga aytiladi?
2. Yasama sifatlar qanday qismlarga ajratiladi?
3. -li, -siz, -ñhan qo‘shimñhalari yordamida sifatlar hosil
qiling.
4. ba-, be-, ser- qo‘shimñhalari yordamida sifatlar yasang.
|