370-mashq.
Uyga vazifa. O‘zbekiston Respublikasi madhiyasidagi
sifatlarni daftaringizga yozing. Ularning turli darajalarini hosil qiling.
147
T o ð s h i r i q . Birikmalar tarkibidagi sifatlarning qaysi daraja shaklida
ekanini ayting.
Shirin olma, katta bino, toza suv.
BILIB OLING.
Belgining odatdagi me’yorda ekan-
ligini bildiruvchi va boshqa darajalar uchun asos bo‘lib
xizmat qiluvchi sifat shakli oddiy daraja shakli deyiladi.
371-mashq.
Matnni o‘qing. Oddiy darajadagi sifatlarni aniqlab,
ularga izoh bering.
1. Lola qizil, oq, sariq ranglarda tovlanib ochildi. (Aziz Ab-
durazzoq) 2. Maktabga qatnay boshlagandan keyin uning ko‘z
o‘ngida yangi olam ochildi. (O‘. Hoshimov) 3. Chakalakzor
qorong‘ulikda vahimali va sirli ko‘rinardi. (Yo‘ldosh Sulaymon)
4. Zamonamga sadoqatli, dili sof, toza imonman. (Qodir Deh-
qon)
372-mashq.
Sifatlar qatoridan oddiy darajadagi sifatlarni toping,
ular ishtirokida gaplar tuzing.
Sariq, yam-yashil, bahavo, ulkan, juda uzun, eng baland,
jasur, dangasaroq, xayolchan.
373-mashq.
Matnni ko‘ñhiring. Oddiy darajadagi sifatlarning tagiga
ñhizing va izohlang.
Behi atirguldoshlar oilasiga mansub, bo‘yi o‘n ikki metrga
boradigan sershox daraxt. Barglari tukli, tuxumsimon yoki keng
elliðssimon, bandi kalta, shoxlarda ketma-ket joylashgan.
Mevasi tukli, sariq yoki tillarang, ko‘rinishi yumaloq yoki
bir oz ñho‘ziq bo‘lishi mumkin. Mevasi yetilib ðishganda sershira
bo‘ladi. (A. Madrahimov)
1. Rang-tus bildiruvñhi sifatlarning oddiy daraja shakliga misollar
keltiring.
SIFAÒLARNING ODDIY DARAJA SHAKLI
148
2. Maza-ta’m bildiruvñhi sifatlarning oddiy darajadagi shakl-
lari ishtirokida gaðlar tuzing.
3. Keng, uzun, ulkan sifatlarining qiyosiy, orttirma, ozaytir-
ma daraja shakllarini toðing.
Dostları ilə paylaş: |