Umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarida Aqliy rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalar uchun tashkil etiladigan korreksion sinflar uchun tayanch o‘quv dasturlari


Davlat talablari asosidagi asosiy vazifalar



Yüklə 225,44 Kb.
səhifə88/155
tarix09.05.2022
ölçüsü225,44 Kb.
#56934
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   155
adativ-dastur-engohiri

Davlat talablari asosidagi asosiy vazifalar:

- natural son haqida tushuncha hosil qilish;

- 100 ichida og‘zaki va yozma ravishda hisoblash amallarini bajarish ko‘nikmalarini egallash;

- matematik iboralar va amallarni tushunish, tahlil qilish, taqqoslash va umumlashtirish imkoniyatini rivojlantirish;

- darsda egallagan matematik malakalarini amaliy hayotiy masalalarni yechish, yoshiga munosib o‘yin jarayonida qo‘llay olish imkoniyatini shakllantirish.

Korreksion ( nuqsonini tuzatishga qaratilgan) vazifalar:

- o‘ziga qaratilgan nutq, murojaat, topshiriqni ko‘rib-eshitib qabul qilish, tushunish imkoniyatini shakllantirish va rivojlantirish;

- ovozni kuchaytirib beruvchi individuаl va sinfda jamoa bo‘lib foydalanadigan eshitish apparatlaridan to‘g‘ri foydalanish, eshitish ko‘nikmasini shakllantirish va rivojlantirish;

- fikrlash, o‘ylash, tahlil qilish ko‘nikmalari (analiz, qiyoslash, sintezlash)ni shakllantirish va rivojlantirish;

- masalalarning mazmuni, mohiyati va talabini tushunish imkoniyatini shakllantirish va rivojlanish;

- o‘qituvchining qo‘ygan vazifa, masala va topshiriqlariga javobgarlikni his qilgan holda yondashish ko‘nikmasini hosil qilish;

- masalalarning mazmunini tushunishga qiziqishini tarbiyalash, shakllantirish va rivojlantirish. Javobini topishda faolligini hosil qilish;

- ko‘proq qo‘llaniladigan va tanish so‘zlarni faqat eshitish orqali qabul qilishni o‘rgatish;

- sutka ichidagi vaqtni, hafta kunini aniqlash ko‘nikmasini shakllantirish;

- vaqt turkumini bildiruvchi (kecha, bugun, ertaga, ertalab, kunduzi, kechqurun) so‘zlarni eshitib farqlash ko‘nikmasini hosil qilish;

- to‘g‘ri(o‘ng), teskari sanashni bilish;

- sonlarni narsa, buyumlarning miqdori bilan solishtirish va aytish;

- arifmetik amallarning mazmun-mohiyatini tushunish;

- arifmetik amallarni o‘zining hayotiy tajribasiga moslashtirish, solishtirish;

- arifmetik amallar, ularning nomlanishi (son, raqam, shakl, qo‘shuv, ayiruv, ...) orqali so‘z boyligini orttirish;

- har bir sonni to‘g‘ri talaffuz va ovoz bilan aytish, ularning yozilishini, grafik ifodasini tushunish, yozish malakasini egallash ko‘nikmasini hosil qilish;

- masalaning mazmunini rasmga va tanish so‘zlarga tayangan holda tushunish;

- matematika fani bo‘yicha mo‘ljallangan dastlabki abstrakt tushunchalar orqali so‘z boyliklarini oshirish;

- ovozni kuchaytirib beruvchi individual va jamoa tarzida foydalaniladigan eshitish apparatining o‘zi uchun zarur vositaga aylanish darajasiga etkazish;

- matematik belgilar “+, -, =”; qiyoslash (taqqoslash) belgilari “>, <, =” beriladi.

O‘QUV DASTUR

Birinchi sinfning I choragida dastlabki matematik tushunchalar shakllantiriladi.


Yüklə 225,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin