28. O‘quvchilarga odob-axloq qoidalari doirasida quyidagilar taqiqlanadi: a) ta’lim muassasasida va uning hududida :
- o‘zgalarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq o‘tkazish;
- dars mashg‘ulotlari vaqtida ta’lim muassasasi hududida sababsiz yurish;
- ta’lim muassasasi yo‘laklari, sinf xonalari, oshxona va kutubxonasida
asossiz ravishda baland ovozda gaplashish;
- ta’lim muassasasi hududida baland ovozda so‘zlashish, qog‘oz va boshqa
chiqindilarni
(belgilangan joylardan tashqarida) qoldirib ketish;
- muqovasida ma’naviyatga zid bo‘lgan tasvirlar tushirilgan yozuv
daftarlaridan foydalanish;
- turli narkotik va psixotrop moddalar, spirtli ichimliklar va tamaki
mahsulotlarini iste’mol qilish hamda tarqatish;
- ta’lim muassasasi hududiga turli xil pirotexnika vositalari, pnevmatik
qurollar, o‘tkir kesuvchi va tig‘li buyumlarni olib kelish;
- uyali aloqa vositalari orqali “ommaviy madaniyat”, turli xil yot g‘oyalarni
targ‘ib etuvchi va terroristik-ekstremistik xarakterdagi audio va video materiallar
hamda pornografik xarakterdagi ma’lumotlarni ko‘rish va tarqatish, kiberbullingni
o‘tkazish;
- uyali aloqa vositalarini bo‘yniga osib olishi, ko‘ylak, shim, yubkalari
cho‘ntaklarida va shu kabilarda saqlash;
b) dars mashg‘ulotlari (sinf xonalari)da: - dars vaqtida o‘rinsiz gaplashish, ovqatlanish, saqich chaynash;
- qog‘oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketish;
- mashg‘ulotlar yakunlangunga qadar ta’lim muassasasi hududidan
o‘qituvchilar ruxsatisiz tashqariga chiqish;
- yozma ishlar va oraliq nazoratlarni bajarish vaqtida chetdan yordam
so‘rash;
- boshqa o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan topshiriqlar yoki yozma
ishlarni o‘z nomidan topshirish;
- telefondan
(smartfon, planshet va boshqa gadjet qurilmalar) foydalanish,
uni parta ustiga qo‘yish.