Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari 1-bob. Umumiy qoidalar


-bob. Odob-axloq qoidalariga rioya qilishi



Yüklə 262,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/13
tarix14.12.2023
ölçüsü262,04 Kb.
#178634
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Odob axloq qoidalari 2022

 
3-bob. Odob-axloq qoidalariga rioya qilishi
27. O‘quvchilarning odob-axloq qoidalariga rioya etish talablari: 
a) ta’lim muassasasi binosi va uning hududida

- ta’lim muassasasiga mashg‘ulotlar boshlanishidan 10-15 daqiqa oldin, 
ta’lim muassasasi Ustavida belgilangan o‘quvchilar formasida kelish. 
Bunda, davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida maktab formasi
2022-2023-o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich, 2025-yildan boshlab esa 
to‘liq joriy etilishini inobatga olish; 
- toza va orasta kiyinish, sochlarni ozoda va tartibga keltirilgan holda tutish; 
- o‘zidan kichiklarga nisbatan izzatda bo‘lish, kattalarga esa hurmat 
ko‘rsatish; 
- o‘qituvchilar va ta’lim muassasasiga kelgan mehmonlar bilan 
uchrashganda salom berish; 
- ta’lim muassasasi mulki 
(parta, stol, stul, doska, o‘simliklar, hayvonot 
dunyosi va hokazolar)
va o‘quv jihozlari 
(kompyuter texnikasi, laboratoriya 
jihozlari, sinfxonalardagi stend va bannerlar)
ga ehtiyotkorona munosabatda 
bo‘lish; 
- ta’lim muassasasi mulkiga zarar yetkazilgan hollarda ota-onalar 
(ularning 
o‘rnini bosuvchi shaxslar)
tomonidan qoplanishi; 
- ta’lim muassasasi yo‘laklarida tinchlikni saqlash, ichki tartib va odob-axloq 
qoidalariga qat’iy rioya qilish;



- ta’lim muassasasiga o‘quv-qurollari, dars jadvalida belgilangan darsliklar
va daftarlar bilan kelish 
(o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan zarur o‘quv 
qurollarining bo‘lishi)

- ta’lim muassasasi hududida telefonini o‘chirib, 
(smartfon, planshet
va boshqa qurilmalar)
portfel yoki sumkasi va shu kabilarga solib qo‘yish; 
chiqindilarni muassasa binosi va hududidagi maxsus belgilangan idishlarga 
tashlash; 

Yüklə 262,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin