Umumiy pedagogika fanidan 1-kurs sirtqi ta’lim talabasi Kenjaeva Zebo uchun 3-mustaqil ish topshirig’i 1-topshiriq



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə2/5
tarix07.06.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#126135
1   2   3   4   5
Umumiy pedagogika Kenjaeva Zebo

Mening sevimli o'qituvchim
Birinchi sinfga borganimda 6 yoshda edim. Keyin men birinchi ustozim - Malika Sobirovnani ko'rdim. O'sha kuni hammamiz sinfdoshlar bilan gimnaziya ayvoniga yig'ildik. Qo'ng'iroq chalindi va biz birinchi sinfimizga kirdik. Malika Sobirovna nur sochdi va go'zal edi. Uning uzun ipak sochlari, chiroyli tabassumi va maftunkor ko'zlari bor edi. Menga barcha o'qituvchilar yoqadi, lekin eng muhimi Malika Sobirovna. Chunki u zo‘r o‘qituvchi. Biz materialni o'rganishimiz uchun u bir xil mavzuni ko'p marta tushuntiradi. Har yili birinchi sentyabr kuni biz maktabga kiyinib kelamiz va quvnoq o'qituvchini ko'ramiz. U har doim ajoyib hazil tuyg'usiga ega va har safar yangi chiroyli kiyimga ega. Malika Sobirovna biz bilan o'z bilimlarini baham ko'radi, bizga bilgan va qila oladigan hamma narsani o'rgatadi. Quvonchli, u har kuni maktabga keladi va bizga yangi va yangi narsalarni o'rgatadi. Malika Sobirovna bizni to'rtinchi yildirki o'qitadi, kelasi yil biz ajralishimiz kerak, lekin men uning bizni o'n birinchi sinfgacha o'qitishini juda xohlardim. Va men har kuni maktabga nafaqat hammaga vaziyatni aytish uchun, balki Malika Sobirovnaga: "Malika Sobirovna, salom!" Deyish uchun boraman.
Mening birinchi ustozim
Maktabga, birinchi sinfga kelganimda, meni birinchi ustozim Malika Sobirovna kutib oldi. Bu bizni, birinchi sinf o'quvchilarini kattalar bilan tanishtirgan birinchi o'qituvchi. Malika Sobirovna mehribon va adolatli. Darslarda u hamma narsani aniq tushuntiradi, agar biror narsa ishlamasa, u har doim yordam beradi va tezlashtiradi, ishontiradi. Ustozimiz tufayli biz mulohaza yuritishni, fikrimizni himoya qilishni, insho yozishni, qiyin masala va misollarni yechishni o‘rgandik.
3 - Topshiriq: Qomusiy olimlarning asarlaridan pedagog shaxsini shakllantirish va pedagog-tarbiyachining nutq madaniyati haqidagi ibratli fikrlaridan 10 ta misol yozing.

Al-Xorazmiy-Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug’bek-kabi olimlar o’z ilmiy va pedagogik faoliyatlarida rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi va ta’lim beruvchi ta’sir kuchlarini o’sib kelayotgan avlodga qaratish g’oyasini tushunishgan va buni tadbiq etishgan. Bu avvalambor ular ta’limning maqsadi hayotga tayyorlash, axloqiy norma va qoidalar, kasbiy malakalar va chuqur bilimlarga ega bo’lishida deb bilganliklarida namoyon bo’lgan.


Buyuk qomusiy olim Abu Rayxon Beruniy (973-1050 y) ta’lim jarayoniga qo’llaniladigan ilmiy usullarni ishlab chiqqan. U shuningdek ta’lim tamoyillarini ham tasniflagan. Uning pedagogik qarashlarining ijtimoiy yo’naltirilishi u axloqni ijtimoiy xususiyatlar va hissiyotlarning ifodasi sifatida tushunganligida o’z ifodasini topgan. Olimning tarbiya, shaxsning shakllanishida va jamiyatdagi amaliy hayot uchun ilm va mehnatning ahamiyati haqidagi g’oyalari hozirgacha muhimligini saqlab qolgan.
Buyuq qomusiy olim Abu Ali ibn Sino (980-1037 y) o’z davrining barcha bilim sohalarini qamrab oluvchi katta ilmiy meros qoldirgan. Uning barcha asarlarida pedagogik qarashlar mavjud. Biz uning bilim, iroda va insonning rivojlanish jarayonidagi maqsadga intiluvchanligi, atrof muhit ta’siri, axloqiy va mehnat tarbiyasi, muomala san’ati, bolalarni jamoada o’qitish haqidagi g’oyalari muhim hisoblanadi.
Forobiy, ibn Sino, Beruniy ta’lim muammolari bo’yicha bir xil fikrlar bildirgan va insonning jamiyatga sermahsul xizmat qilishi uchun o’z aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik va mehnat qobiliyatlaridan samarali foydalanish imkonini beruvchi ta’lim vazifasini ajratib ko’rsatganlar. Ta’limning rivojlatiruvchi vazifasini amalga oshirish maqsadida ular quyidagi didaktik tamoyillardan foydalanishni maslahat berganlar:
-asta-sekin tushunchalarning murakkablashuvi;
-amaliyotni tajriba bilan bog’lash;
-qabul qila olishlik;
-ko’rgazmalilik.
Ibn Sinoning fikricha ijtimoiylashtirish ko’nikmalari jamoa bo’lib o’qitish shaklida yaxshi shakllanadi. Buning uchun u quyidagilarga asoslanishi lozim:
  1. Ta’lim oluvchilar, o’qituvchi va o’quvchilar orasida tajriba, bilim, ma’naviy va axloqiy qadriyatlar almashinuvini tashkil qilish.


  2. Musobaqalashuv elementidan foydalanish.


  3. O’quvchining ijtimoiy axloqiy xususiyatlarini-muomala, o’zaro tushunish, o’zaro yordam, do’stlik hissini rivojlantirish.


Buyuk olimlarning pedagogik qarashlari va faoliyatlarining ijtimoiy pedagogik yo’naltirilganligi, ularning avvalambor hayotga har tomonlama tayyorlash hisoblangan ta’lim maqsadini sharhlashlarida o’z ifodasini topgan. SHaxsning jamiyatda o’z o’rnini belgilab olishini ta’minlab beruvchi eng muhim xususiyatlar deb, ular mehribonlik, yaqinlarga yordam, g’urur, vijdon, yaxshi niyatlilik, sabrni bilishgan. O’quvchilarning har tomonlama intellektual va mehnat tayyorgarliklariga katta e’tibor qaratib, Forobiy va ibn Sino yoshlarning jamiyatga “kirish”larining eng muhim omillari sifatida, faollik, mustaqil tashabbuskorlik, intiluvchanlik, qiziquvchanlik, ijodiy qobiliyatni hisoblashgan.


Ijtimoiy tarbiyada o’qituvchiga yetakchi o’rin ajratib, Forobiy uning faoliyatini, jamiyatning kelajagi unga bog’liq bo’lgan hukmdor faoliyatiga qiyoslaydi. Forobiy ham ibn Sino kabi pedagog o’quvchilarning bilimlarini hayotga tadbiq etishlariga e’tibor berish lozimligiga ishora qilgan.
Qomusiy olimlar shaxsiy namunaga nihoyatda katta e’tibor berishgan hamda o’zlari ham intiluvchanlik, yuqori ijtimoiy mavqe’ga erishganlik namunasi bo’lib xizmat qilishgan. Forobiy nihoyatda mehnatsevar, irodali, kamtar, sodda bo’lgan va doim yordamga intilgan. Forobiyning o’quvchilarning individual psixologik va aqliy xususiyatlariga mos tushuvchi ta’limni usuli, kasb tanlash muhimligi haqidagi fikrlari hozir ham katta ahamiyatga ega.
O’rta Osiyo olimlari tomonidan tarbiya va ta’limning ijtimoiy o’rnini tushunishlari shunda namoyon bo’ldiki, ular ijtimoiylashuvining mikroomillar-muhit, oila, o’quvchilar guruhiga e’tibor karatganlar va ota-onalar, pedagog va o’quvchining harakatlarini mujassamlashtirishni maslahat berganlar.
SHunday qilib, o’rta asr olimlari ijtimoiy pedagogik yo’naltirilganlikga ega katta pedagogik meros qoldirganlar. Ularning ilmiy pedagogik asarlari zamonaviy ijtimoiy pedagogika ilmining rivojlantirish uchun muhim manba hisoblanadi.


Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin