Umumiy qoidalar


-modda. Mansab soxtakorligi


səhifə175/220
tarix04.04.2023
ölçüsü
#93011
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   220
 22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

209-modda. Mansab soxtakorligi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Mansab soxtakorligi, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining g‘arazgo‘ylik yoki boshqa
manfaatlarni ko‘zlab rasmiy hujjatlarga bila turib soxta ma’lumotlar va yozuvlar kiritishi,
hujjatlarni qalbakilashtirishi yoki bila turib soxta hujjatlar tuzishi va taqdim etishi
fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat
yoki jamoat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
(209-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-
avgustdagi O‘RQ-391-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish
soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan
ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(209-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
O‘sha harakat:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha
ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(209-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi


3/12/23, 09:13
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
Page 157 of 243
https://lex.uz/docs/-111453
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil
24-sentabrdagi 19-sonli “Poraxo‘rlik ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
4-bandi
,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 4-sonli “Jazolarni
liberallashtirish to‘g‘risidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qo‘llashning ayrim
masalalari haqida”gi qarori 8-bandining 
ikkinchi xatboshisi 
va 
13-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudi Plenumining 2013-yil 31-maydagi 08-sonli “Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni
to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan
qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 11-bandining 
to‘rtinchi xatboshisi
.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin