22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
244 -modda. Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar
tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish —
Oldingi tahrirga qarang. besh yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(244 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda) Oldingi tahrirga qarang. O‘sha harakatlar:
a) og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lsa;
b) voyaga yetmagan shaxsni jalb etgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
(244 -modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda) Oldingi tahrirga qarang. o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(244 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda) Basharti shaxs taqiqlangan tashkilotlar mavjudligi to‘g‘risida o‘z ixtiyori bilan xabar qilgan
va jinoyatni ochishga yordam bergan bo‘lsa, u ushbu moddaning
birinchi qismida
nazarda
tutilgan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining ikkinchi , uchinchi va to‘rtinchi qismlari , O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuni 7-moddasining beshinchi qismi . (Kodeks O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son Qonuniga asosan 244 - modda bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda) Oldingi tahrirga qarang.