Umumiy qoidalar


-modda. Ommaviy tartibsizliklar



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə209/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

244-modda. Ommaviy tartibsizliklar
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ommaviy tartibsizliklarga va fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik qilishga omma oldida da’vat
qilish —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha jarima yoki ikki
yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
b) ommaviy axborot vositalaridan, telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan, Internet jahon
axborot tarmog‘idan, shuningdek matnni ko‘paytirishning bosma yoki boshqa usullaridan
foydalangan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha jarima yoki ikki
yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
(244-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-martdagi O‘RQ-679-sonli 
Qonuniga 
asosan
birinchi va ikkinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2021-y.,
03/21/679/0256-son)
Qurol yoki qurol sifatida foydalaniladigan boshqa narsalarni ishlatib yoxud ishlatish bilan
qo‘rqitib shaxsga nisbatan zo‘rlik ishlatish, qirg‘in solish, o‘t qo‘yish, mulkka shikast yetkazish yoki
uni nobud qilish, hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish orqali sodir etilgan ommaviy
tartibsizliklar tashkil qilish, shuningdek, ommaviy tartibsizliklarda faol qatnashish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(244-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-
dekabrdagi 38-sonli “Respublika sudlari tomonidan ommaviy tartibsizliklar uchun javobgarlik
to‘g‘risidagi qonunlarni qo‘llash amaliyoti bilan bog‘liq ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 
qarori
.
Oldingi
 tahrirga qarang.


Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin