Oldingi
tahrirga qarang.
Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni laboratoriyalarda
yoxud o‘zganing mulki hisoblangan vositalar va asbob-uskunalardan yoki prekursorlardan
foydalangan holda qonunga xilof ravishda
tayyorlash yoki qayta ishlash, shuningdek bunday
vositalarni iste’mol qilish yoki tarqatish uchun bangixonalar tashkil qilish yoki saqlash,
shuningdek ushbu moddaning
ikkinchi
yoki
uchinchi qismida
nazarda tutilgan qilmishlar:
(273-moddaning to‘rtinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-
oktabrdagi O‘RQ-503-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y.,
03/18/503/2080-son)
a) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(273-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p
miqdorda
qonunga xilof ravishda sotish —
(273-moddaning beshinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-
oktabrdagi O‘RQ-503-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y.,
03/18/503/2080-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(273-modda beshinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Ushbu moddaning
birinchi qismida
nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etgan shaxs o‘z
ixtiyori bilan aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida hokimiyat organlariga
arz qilsa va giyovandlik
vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni topshirsa, jazodan ozod qilinadi.
(273-moddaning oltinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi
O‘RQ-503-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y.,
03/18/503/2080-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-
apreldagi 12-sonli “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala
qilishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 20-bandining
uchinchi xatboshisi
,
21 — 28-bandlari
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 6-sentabrdagi 18-sonli
“Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti
to‘g‘risida”gi qarori 17-bandining
to‘rtinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
2011-yil 25-noyabrdagi 9-sonli “O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib o‘tish tartibini
buzishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 11-bandining
birinchi xatboshisi
.
(273-modda O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son
Qonuni
tahririda —
Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: