Umumiy qoidalar


-modda. Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə244/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

276-modda. Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni
o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va
boshqa harakatlar
(276-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-503-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 03/18/503/2080-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini
ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, egallash, tashish yoki jo‘natish —
(276-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi
O‘RQ-503-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y.,


03/18/503/2080-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish
soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch
yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(276-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
O‘sha qilmishlar:
a) ko‘p miqdorda;
b) ilgari giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda
muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(276-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi
O‘RQ-389-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etgan shaxs o‘z
ixtiyori bilan aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida hokimiyat organlariga arz qilsa va giyovandlik
vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni topshirsa, jazodan ozod qilinadi.
(276-moddaning uchinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi
O‘RQ-503-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y.,
03/18/503/2080-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-
apreldagi 12-sonli “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala
qilishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 19-bandining 
to‘rtinchi xatboshiisi
,
34-bandining 
uchinchi xatboshiisi
.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin