Umumiy qoidalar


-modda. Jinoyat uchun javobgarlik va uning asoslari



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

16-modda. Jinoyat uchun javobgarlik va uning asoslari
Jinoyat uchun javobgarlik — jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan sud
tomonidan hukm qilish, jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishida ifodalanadigan
jinoyat sodir etishning huquqiy oqibatidir.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
88 
va 
93-moddalari
.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bo‘lgan
qilmishni sodir etish javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 14-moddasining 
birinchi qismi
.


IV bob. Javobgarlikka tortilishi lozim bo‘lgan shaxslar
17-modda. Jismoniy shaxslarning javobgarligi
Jinoyat sodir etgunga qadar o‘n olti yoshga to‘lgan, aqli raso jismoniy shaxslar
javobgarlikka tortiladilar.
Oldingi
 tahrirga qarang.
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 7-dekabrdagi O‘RQ-735-sonli
Qonuniga 
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2021-y.,
03/21/735/1141-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jinoyat sodir etgunga qadar o‘n to‘rt yoshga to‘lgan shaxslar ushbu Kodeks 
97

98

104 —
106

118

119-moddalari
, 126 -moddasining 
to‘rtinchi — sakkizinchi qismlarida

137

164 — 166

169-
moddalari
, 173-moddasining 
ikkinchi 
va 
uchinchi 
qismlari, 
220

222

247

252

263

267

271-
moddalari
, 277-moddasining 
ikkinchi
va 
uchinchi
qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun
javobgarlikka tortiladilar.
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu Kodeksning 
122

123

125 -moddalarida
, 126 -moddasining 
birinchi va ikkinchi
qismlarida

127

127

128

144

146

193 — 195

205 — 210

225

226

230 — 232

234

235

279 — 302-
moddalarida
nazarda tutilgan jinoyatlar uchun jinoyat sodir etgunga qadar o‘n sakkiz yoshga
to‘lgan shaxslar javobgarlikka tortiladilar.
(17-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
O‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar jinoyat sodir etgan shaxslar umumiy qoidalarga
muvofiq va ushbu Kodeksning Umumiy qismi 
oltinchi bo‘limida 
nazarda tutilgan xususiyatlar
hisobga olingan holda javobgarlikka tortiladilar.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin