Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-
avgustdagi 24-sonli “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qo‘llashning
ayrim masalalari to‘g‘risida”gi
qarori
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-
maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarorining
4 — 6-bandlari
.
10-modda. Javobgarlikning muqarrarligi prinsipi
Qilmishida jinoyat tarkibining mavjudligi aniqlangan har bir shaxs
javobgarlikka tortilishi
shart.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-
fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi
qarori
.
II bob. Kodeksning amal qilish doirasi
11-modda. Kodeksning O‘zbekiston hududida jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan
amal qilishi
O‘zbekiston hududida jinoyat sodir etgan shaxs ushbu Kodeks bo‘yicha
javobgarlikka
tortiladi.
Qilmish:
a) O‘zbekiston hududida boshlangan, tamomlangan yoki to‘xtatilgan bo‘lsa;
b) O‘zbekiston hududidan tashqarida sodir etilib, jinoiy oqibati esa, O‘zbekiston hududida
yuz bergan bo‘lsa;
v) O‘zbekiston hududida sodir etilib, jinoiy oqibati esa, O‘zbekiston hududidan tashqarida
yuz bergan bo‘lsa;
g) bir necha qilmishlardan iborat yoki boshqa qilmishlar bilan
birgalikda sodir etilgan
bo‘lib, uning bir qismi O‘zbekiston hududida yuz bergan bo‘lsa, O‘zbekiston
hududida sodir
etilgan jinoyat deb topiladi.
O‘zbekiston bayrog‘i ostidagi yoki O‘zbekiston portida ro‘yxatga olingan havo, dengiz yoki
daryo kemasida O‘zbekiston hududidan tashqarida bo‘lib, chet el davlati hududi hisoblanmagan
joyda jinoyat sodir etilsa, bunday jinoyat uchun ushbu Kodeks bo‘yicha javobgarlikka tortiladi.
Amaldagi
qonunlar, xalqaro shartnomalar yoki bitimlarga muvofiq
chet el fuqarolarining
javobgarligi to‘g‘risidagi masala O‘zbekiston Respublikasi sudlariga tegishli bo‘lmasa, ular
O‘zbekiston Respublikasi hududida
jinoyat sodir etgan holda,
xalqaro huquq normalariga
muvofiq hal qilinadi.
Dostları ilə paylaş: