22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
140-modda. Haqorat qilish Haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash,
basharti, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq
soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(140-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ- 586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Oldingi tahrirga qarang. Nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan tarzda, shu jumladan ommaviy axborot
vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish
orqali haqorat qilish —
(140-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-658-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2020-y., 03/20/658/1670- son) Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha
axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(140-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ- 586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Haqorat qilish:
a) jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda;
b) xavfli retsidivist tomonidan yoki tuhmat qilganligi uchun ilgari sudlangan shaxs tomonidan
qilingan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash bilan
jazolanadi.
(140-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-658-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2020-y., 03/20/658/1670- son) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1992-yil 19- iyundagi 5-sonli “Sud amaliyotida fuqaro va tashkilotlarning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish haqidagi qonunlarni qo‘llash to‘g‘risida”gi qarori 8-bandining uchinchi xatboshisi .