Umumiy qoidalar


-modda. Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

136-modda. Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish
Ayolni erga tegishga yoki nikohda yashashni davom ettirishga majbur qilish yoxud ayolning
erkiga xilof ravishda u bilan nikohda bo‘lish uchun o‘g‘rilash, shuningdek, ayolning erga tegishiga
to‘sqinlik qilish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz
oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan
uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(136-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 76-moddasining 
ikkinchi qismi
, O‘zbekiston
Respublikasi Oila kodeksining 
14
 va 
53-moddalari
.
137-modda. Odam o‘g‘rilash
Ushbu Kodeksning 
245-moddasida 
nazarda tutilgan alomatlar mavjud bo‘lmagani holda
odam o‘g‘rilash —
Oldingi
 tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(137-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-
389-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
O‘sha harakat:


a) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan;
b) g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
g) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(137-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-
son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
O‘sha harakat:
a) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;
b) og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa;
Oldingi
 tahrirga qarang.
v) inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini olish maqsadida sodir etilgan bo‘lsa, —
(137-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 23-iyundagi O‘RQ-780-sonli
Qonuniga 
asosan “v” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y.,
03/22/780/0560-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(137-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-
II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin