133 -modda. Inson a’zolarining va (yoki) to‘qimalarining oldi-sotdisi Inson a’zolarining va (yoki) to‘qimalarining oldi-sotdisi, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha muayyan huquqdan
mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(133 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 23-iyundagi O‘RQ-780-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 03/22/780/0560-son) Oldingi tahrirga qarang. 133 -modda. Insonning transplantatsiya qilinadigan a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish Insonning transplantatsiya qilinadigan a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini O‘zbekiston
Respublikasidan tashqariga olib chiqish, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yildan uch yilgacha muayyan
huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(133 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 23-iyundagi O‘RQ-780-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 03/22/780/0560-son) 134-modda. Qabrni tahqirlash Qabrni yoki murdani tahqirlash, shuningdek murdadagi, qabr ustidagi yoki ichidagi narsalarni
olish —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(134-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24- sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 12- bandining beshinchi xatboshisi .