Umumiy qoidalar


-modda. Xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

143-modda. Xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa
xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish
Xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir
saqlanishi tartibini qasddan buzish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin
sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat
ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(143-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 31-moddasining 
beshinchi qismi
, O‘zbekiston
Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 
46-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining
“Aloqa to‘g‘risida”gi Qonunining
 10-moddasi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.
144-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni
buzish
(144-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqishni qonunga xilof
ravishda rad etish, ularni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, yozma yoxud elektron
shaklda javob yubormaslik, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikka
zid qaror qabul qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat
munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini ta’minlamaganlik yoki murojaat
munosabati bilan ma’lum bo‘lib qolgan jismoniy shaxslarning shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi yoxud
yuridik shaxslarning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ularning roziligisiz oshkor etish, xuddi
shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni boshqacha
tarzda buzish jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlariga, erkinliklariga yoki qonun bilan
qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazilishiga
sabab bo‘lsa, —
(144-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz
soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(144-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Jismoniy shaxsni, uning vakilini, ularning oila a’zolarini, yuridik shaxsni, uning vakilini va
yuridik shaxs vakilining oila a’zolarini ular davlat organiga, davlat muassasasiga yoki fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organlariga murojaat qilganligi munosabati bilan yoxud bildirilgan fikri va


murojaatidagi tanqid uchun, xuddi shuningdek boshqacha shaklda tanqid qilganligi uchun
mansabdor shaxs tomonidan ta’qib etish, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch
yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(144-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
(144-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli 
Qonuni 
tahririda —
O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
40-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin