22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
231-modda. Adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarish Oldindan bila turib, adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarish —
Oldingi tahrirga qarang. ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi.
(231-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ- 389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda) O‘sha harakat odam o‘lishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 11 , 455-moddalari , O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksining 253-moddasi , O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi 179-moddasi , O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 3 , 8-moddalari . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23- maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarorining 2-bandi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 13-sonli “Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori to‘g‘risida”gi qarorining 2- bandi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 35-sonli “Sudlar tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishni tartibga soluvchi qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 1-bandi . Oldingi tahrirga qarang.