240-modda. Jinoyat protsessini yuritish qatnashchilarining o‘z zimmasidagi vazifani
bajarishdan bo‘yin tovlashi
Oldingi
tahrirga qarang.
Tergovga
qadar tekshiruv, surishtiruv olib borish, dastlabki tergov
vaqtida yoki sudda guvoh
yoki jabrlanuvchining ko‘rsatuv berishni yoxud ekspertning xulosa berishni rad etishi yoki bu ishdan
bo‘yin tovlashi —
(240-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-
542-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz
oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi.
(240-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 55-moddasining
to‘rtinchi qismi
, 66-
moddasining
to‘rtinchi qismi
, 68-moddasining
to‘rtinchi qismi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Gumon
qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining yaqin qarindoshlari guvohlik ko‘rsatuvi
berishni rad etganligi yoki bundan bo‘yin tovlaganligi uchun, shuningdek guvoh o‘ziga
qarshi
ko‘rsatuv berishni rad etganda javobgarlikka tortilmaydilar.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-
maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarorining
17-bandi
.
(240-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-198-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
Dostları ilə paylaş: