Ushbu
moddaning
birinchi qismida
ko‘rsatilgan ma’lumotlarni
nashr qilish yoki boshqacha
usulda ko‘paytirilgan matnda yoki ommaviy axborot vositalari, shuningdek
Internet butunjahon
axborot tarmog‘i orqali tarqatish —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch
yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash
yoki uch yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(244 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 26-martdagi O‘RQ-613-sonli
Qonuniga
asosan
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2020-y., 03/20/613/0362-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
244 -modda. Yolg‘on axborot tarqatish
Shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on
axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida
yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo
qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq
soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish
ishlari yoki ikki yilgacha
ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
Jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan
ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida
yoki Internet jahon axborot
tarmog‘ida tarqatish,
ushbu Kodeksning
244 -moddasida
nazarda tutilgan jinoyat alomatlari
mavjud bo‘lmagan taqdirda, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir
etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha
miqdorda jarima yoki uch yuz
soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha
ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning
birinchi
yoki
ikkinchi qismida
nazarda tutilgan harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha
miqdorda jarima
yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning
birinchi
yoki
ikkinchi qismida
nazarda tutilgan harakatlar:
a) ommaviy tadbirlar jarayonida yoki favqulodda vaziyat holatida;
b) juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan holda;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
(244 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-658-sonli
Qonuniga
asosan
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2020-y., 03/20/658/1670-son)
Dostları ilə paylaş: