Umumiy qoidalar


 -modda. Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə232/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

257 -modda. Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini
buzish
(257 -moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, shu
jumladan karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda
tarqalishi sharoitida davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekshiruvdan o‘tish va davolanish,
karantinni o‘tash uchun belgilangan joylarga yetib borish va ushbu joylarni belgilangan muddat
davomida tark etmaslik, kasallik yuqish xavfi mavjud bo‘lgan davrda muloqotda bo‘lingan shaxslar
va borilgan joylar haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilish to‘g‘risidagi yoki boshqa qonuniy talablarini
uzrli sabablarsiz bajarmaslik odamlarning ommaviy kasallanishi yoki zaharlanishi real xavfini keltirib
chiqarsa yoxud odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelsa, —
(257 -modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solish
yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki
bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
O‘sha qilmish odamning o‘limiga sabab bo‘lsa, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash
yoxud besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish odamlarning o‘limiga sabab bo‘lsa, —
yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(257 -moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 26-martdagi O‘RQ-613-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2020-y., 03/20/613/0362-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-
martdagi 176-son “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
qarori
.

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin