bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima
yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(260 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘sha harakat odam o‘lishiga sabab bo‘lsa,—
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat:
a) odamlar o‘limiga;
b) halokatga;
v) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(260 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son
Qonuniga
asosan
kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 18-
oktabrdagi 349-sonli
qarori
bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududida aviatsiya
parvozining asosiy qoidalari”, Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2007-yil
12-sentabrdagi 141-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va
eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya
qoidalari
”.
Dostları ilə paylaş: