22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
271-modda. Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda egallash (271-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-503-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 03/18/503/2080-son) Oldingi tahrirga qarang. Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda,
o‘g‘rilik yoki firibgarlik yo‘li bilan egallash —
(271-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-503-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 03/18/503/2080- son) Oldingi tahrirga qarang. uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(271-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ- 421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda) O‘sha harakat:
a) ilgari giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala
qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan;
g) talonchilik yo‘li bilan;
d) mansab mavqeyini suiiste’mol qilib;
e) tamagirlik yo‘li bilan;
j) ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(271-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II- son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda) O‘sha harakat:
a) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
b) uyushgan guruh yoki uning manfaatlarini ko‘zlab;
v) bosqinchilik yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(271-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254- II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28- apreldagi 12-sonli “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 20-bandi . Oldingi tahrirga qarang. (272-modda O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda) Oldingi tahrirga qarang.