Umumiy qoidalar


-modda. Mast holdagi shaxsning transport vositasini boshqarishiga yo‘l qo‘yish



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə236/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

261-modda. Mast holdagi shaxsning transport vositasini boshqarishiga yo‘l qo‘yish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Transport vositasidan foydalanish uchun mas’ul shaxsning mast holatdagi yoki giyovandlik
vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar yoki shaxsning aql-idrokiga ta’sir ko‘rsatuvchi
boshqa moddalar ta’siri ostida bo‘lgan shaxsni temir yo‘l, dengiz, daryo, havo, avtomobil transporti
yoki boshqa transport vositasini boshqarishiga yo‘l qo‘yishi badanga og‘ir shikast yetkazilishiga
yoxud odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
(261-moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-503-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 03/18/503/2080-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq
tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash
yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(261-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-
iyundagi 10-sonli “Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bog‘liq
ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 6-bandining 
birinchi xatboshisi

8
,
10

21
, 26-bandining 
ikkinchi xatboshisi
.
262-modda. Transportni ta’mirlash yoki uni foydalanishga chiqarish qoidalarini buzish
Ta’mirlash ishlarini bajarayotgan yoki transport vositasining texnik holati va undan
foydalanilishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxsning temir yo‘l, dengiz, daryo, havo, avtomobil yoki boshqa
transport vositasini, aloqa yo‘llari, signalizatsiya, aloqa vositalari yoki boshqa transport uskunalarini
sifatsiz ta’mirlashi, shuningdek transport vositasining texnika holati jihatidan buzuqligini bila turib,
uni foydalanishga chiqarishga ruxsat berishi badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga
sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha
muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(262-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
1
1


O‘sha qilmish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi.
(262-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-
389-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
O‘sha qilmish:
a) odamlar o‘limiga;
b) halokatga;
v) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(262-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-
son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati xavfsizligi
to‘g‘risida”gi Qonunining
17 
va 
18-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining “Temir yo‘l transporti
to‘g‘risida”gi Qonunining 
21-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-iyuldagi
191-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari
bo‘yicha xavfsizligi to‘g‘risida”gi 
umumiy texnik reglament 
va O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l harakati qoidalari”ning 
180-
bandi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-
iyundagi 10-sonli “Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bog‘liq
ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 6-bandining 
birinchi xatboshisi

8
,
10

11

23

26-bandlari
.

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin