Prekursorlar —prekursorlar ro‘yxatiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasida nazoratga
olinadigan, giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini va psixotrop
moddalarni tayyorlash uchun foydalaniladigan moddalar
Poraxo‘rlik —pora olish, pora berish yoki bu jinoyatlarda vositachilik qilish.
Pornografik mahsulot — pornografik asar, shuningdek badiiy qimmatga ega bo‘lmagan va ilmiy, tibbiy yoki o‘quv maqsadlari uchun mo‘ljallanmagan, odam jinsiy
a’zolarining yoki odam tomonidan haqiqatda sodir etilayotgan yoki shunga o‘xshatilgan yoxud kompyuter texnologiyalari yordamida
yaratilgan jinsiy aloqaning tavsifini yoki foto-, video tasvirini yoki boshqa tasvirini o‘z ichiga olgan materiallar va narsalar
Psixotrop moddalar —psixotrop moddalar ro‘yxatiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasida
nazoratga olinadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar
Radioaktiv materiallar —qurilmada yoki buyum tarkibida har qanday fizik holatda yoinki boshqa
ko‘rinishda turgan ion nurlari tarqatuvchi manbalar, radioaktiv moddalar
yoki yadro materiallari.
Tamom bo‘lgan jinoyat —muayyan jinoyat tarkibining barcha zarur alomatlarini o‘z ichiga oladigan
ijtimoiy xavfli qilmish.
Tamom bo‘lmagan jinoyat —
shaxsga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra yoki jinoyat qilishdan ixtiyoriy ravishda qaytish tufayli oxiriga
yetkazilmay qolgan jinoyat.
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs —biron-bir davlatning fuqarosi yuridik maqomiga ega bo‘lmagan jismoniy
shaxs.
Xizmat siri —oshkor qilinishi O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga zarar yetkazishi
mumkin bo‘lgan fan, texnika, ishlab chiqarish va boshqaruv sohalariga
doir ma’lumotlar.
Xizmatchi — davlat organida, tijorat, notijorat tashkilotida mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida mehnat faoliyatini amalga
oshiruvchi, mansabdor shaxs alomatlariga ega bo‘lmagan shaxs.