Ancha miqdordagi zarar —bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha
bo‘lgan miqdordagi zarar.
Boshqa huquqiy ta’sir chorasi — jazo hisoblanmaydigan, lekin ushbu Kodeksda nazarda tutilgan chora (voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan
qo‘llaniladigan majburlov choralari, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari).
Valyuta operatsiyalari —valyuta qimmatliklariga mulk huquqining birovga o‘tishi bilan bog‘liq
operatsiyalar, shu jumladan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda
chet el valyutasidan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi pul birligidan
to‘lov vositasi sifatida foydalanish bilan bog‘liq operatsiyalar; valyuta
qimmatliklarini chet eldan O‘zbekiston Respublikasiga keltirish va
jo‘natish, shuningdek ularni O‘zbekiston Respublikasidan chetga olib
chiqish va jo‘natish; xalqaro miqyosda pul o‘tkazish operatsiyalari.
Valyuta qimmatliklari —chet el valyutasi; chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar — fond boyliklari
(aksiya, obligatsiya va boshqalar); chet el valyutasi bilan to‘lanadigan to‘lov
hujjatlari (cheklar, veksellar, akkreditiv va boshqalar); har qanday ko‘rinish
va holatdagi qimmatbaho metallar — oltin, kumush, platina va platina
guruhiga kiruvchi metallar (palladiy, iridiy, radiy, ruteniy va osmiy),
shunday metallardan yasalgan zargarlik va boshqa ro‘zg‘or buyumlari
hamda ularning rezgilari bundan mustasno; xomashyo yoki ishlov berilgan
holatdagi tabiiy qimmatbaho toshlar — olmos, yoqut, zumrad, sapfir,
aleksandritlar, shuningdek marvaridlar, shunday toshlar hamda ularning
rezgilaridan yasalgan zargarlik va boshqa ro‘zg‘or buyumlari bundan
mustasnodir.
Giyohvandlik vositalari —giyohvandlik
vositalari
ro‘yxatlariga
kiritilgan
va
O‘zbekiston
Respublikasida nazoratga olinadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy
moddalar, tarkibida giyohvandlik moddasi mavjud bo‘lgan preparatlar va
o‘simliklar