296-modda. Harbiy mulkni nobud qilish yoki unga shikast yetkazish Qurol, o‘q-dori, harakat qilish vositalari, harbiy texnika yoki boshqa harbiy mulkni qasddan
nobud qilish yoki unga shikast yetkazish —
Oldingi tahrirga qarang. ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud besh
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(296-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ- 421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda) O‘sha qilmish og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15- sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 5.4-bandining 5.4.2 , 5.4.3-kichik bandlari . 297-modda. Atrofdagilar uchun katta xavf manbai bo‘lgan qurol-yarog‘, shuningdek modda va buyumlar bilan muomalada bo‘lish qoidalarini buzish Atrofdagilar uchun katta xavf manbai bo‘lgan qurol-yarog‘, shuningdek, o‘q-dori, portlovchi,
radioaktiv yoki boshqa modda va buyumlar bilan muomalada bo‘lish qoidalarini buzish badanga
o‘rtacha og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
O‘sha qilmish:
a) ikki yoki undan ortiq shaxsning badaniga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazilishiga;
b) og‘ir shikast yetkazilishiga;
v) odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(297-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II- son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda) O‘sha qilmish:
a) odamlar o‘limiga;
b) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(297-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254- II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15- sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 5.1-bandi .