293-modda. Jangovar navbatchilikni o‘tash qoidalarini buzish Jangovar navbatchilikni o‘tash (jangovar xizmat) qoidalarini buzish qo‘riqlanayotgan
obyektlarga zarar yetkazilishiga yoki jangovar topshiriq bajarilmay qolishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki besh
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(293-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ- 421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda) O‘sha qilmish O‘zbekiston Respublikasiga to‘satdan qilingan hujumni o‘z vaqtida
payqamaganlik yoki daf etmaganlikda ifodalansa, shuningdek, og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15- sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 2.9 , 3.5-bandlari . 294-modda. Chegara xizmatini o‘tash qoidalarini buzish Chegarachilar naryadi tarkibida bo‘lgan shaxsning chegara xizmatini o‘tash qoidalarini buzishi
chegaraning daxlsizligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki besh
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(294-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ- 421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda) O‘sha qilmish:
a) qonunga xilof ravishda chegaradan o‘tishga;
b) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15- sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 2.9 , 3.5-bandlari .