Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisining harbiy qism yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik
bilan tashlab ketishi,
shuningdek, harbiy qismdan qisqa muddatga ruxsat berilganda,
boshqa
xizmatga tayinlanganda yoki boshqa xizmat joyiga o‘tkazilganda, xizmat safaridan, otpuskadan yoki
davolash muassasasidan uzrli sabablarsiz bir kecha-kunduzdan ortiq, lekin o‘n
kecha-kunduzdan
ko‘p bo‘lmagan muddat davomida xizmat joyida hozir bo‘lmasligi, shunday qilmishlar uchun
intizomiy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
(287-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-dekabrdagi
O‘RQ-238-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 553-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki bir yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(287-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-
421-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisi, ofitserlar tarkibidan bo‘lgan
shaxs yoki harbiy
xizmatni kontrakt (shartnoma) bo‘yicha o‘tayotgan harbiy xizmatchining qism yoki xizmat joyini
o‘zboshimchalik bilan tashlab ketishi, shuningdek uzrli sabablarsiz belgilangan muddatdan o‘n
kecha-kunduzdan ortiq, lekin bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddat davomida xizmat joyiga yetib
kelmasligi —
(287-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-dekabrdagi
O‘RQ-238-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 553-modda)
ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
Harbiy qism yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik
bilan tashlab ketish, shuningdek,
xizmatga
belgilangan muddatdan uzrli sabablarsiz bir oydan ortiq vaqt ichida yetib kelmaslik ushbu
moddaning
ikkinchi qismida
ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan qilmishlar jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa,
muddatidan qat’i nazar, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-
sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud
amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
2.1
,
2.2-bandlari
.
Dostları ilə paylaş: