ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoxud bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) bir guruh shaxslar tomonidan;
b) qurol ishlatib sodir etilgan bo‘lsa;
v) og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-
sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud
amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
3.7-bandi
.
282-modda. Boshliqni qo‘rqitish
Jangovar vaziyatda boshliqni o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish, bunday harakat
amalga oshirilishi uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-
sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud
amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
3.7-bandi
.
283-modda. Badanga shikast yetkazish
Boshliqni do‘pposlash, uning badaniga yengil yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish u harbiy
xizmat yuzasidan o‘z vazifalarini bajarganligi munosabati bilan yoki bajarayotgan vaqtda sodir
etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
uch yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud uch
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(283-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-
son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Badanga og‘ir shikast yetkazish, shuningdek, ushbu moddaning
birinchi qismida
nazarda
tutilgan harakatlar:
a) bir guruh shaxslar tomonidan;
b) qurol ishlatib sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(283-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-
son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Ushbu moddaning
birinchi
yoki
ikkinchi qismida
nazarda tutilgan harakatlar jangovar
vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(283-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-
II-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-
sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud
amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
3.7-bandi
.
Dostları ilə paylaş: