ETTINChI BO‘LIM HARBIY XIZMATNI O‘TASh TARTIBIGA QARShI JINOYATLAR LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15- sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori . XXI bob. Bo‘ysunish va harbiy sha’nga rioya etish tartibiga qarshi jinoyatlar 279-modda. Bo‘ysunmaslik Bo‘ysunmaslik, ya’ni buyruqni bajarishdan ochiqdan-ochiq bosh tortish, shuningdek,
buyruqni boshqa tarzda qasddan bajarmaslik —
ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish bilan
jazolanadi.
O‘sha qilmish:
a) bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;
b) og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15- sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 2.8-bandining ikkinchi xatboshisi . 280-modda. Buyruqni bajarmaslik Buyruqni ehtiyotsizlik orqasida bajarmaslik ko‘p miqdorda zarar yetkazilishi yoki og‘ir
oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
ikki yilgacha xizmat yuzasidan cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish bilan
jazolanadi.
O‘sha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15- sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 2.8-bandining ikkinchi xatboshisi .