a) yashash joyi bo‘yicha ruhiy-asab kasalliklari dispanserida (tuman (shahar) psixiatrining
xonasida) majburiy ambulatoriya kuzatuvida bo‘lish va davolanish;
b) yashash joyi bo‘yicha umumiy tartibli psixiatriya muassasasining umumiy kuzatiladigan
bo‘limida majburiy davolanish;
v) umumiy tartibli psixiatriya muassasasining maxsus reabilitatsiya bo‘limida majburiy
davolanish;
g) kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanish;
d) jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika yordami ko‘rsatish bo‘limlarida
hamda mahkumlarga mo‘ljallangan ixtisoslashgan shifoxonada majburiy ambulatoriya kuzatuvida
bo‘lish va davolanish.
(93-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-
dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov
choralarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
5-bandi
.
94-modda. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini tayinlash
Oldingi
tahrirga qarang.
Ruhiy holati buzilgan, kasalligining zo‘rayishi alomatlari bo‘lmagan shaxslarga, shuningdek
ruhiy holati vaqtincha buzilgan shaxslarga nisbatan kasallik qaytarilishining va ular tomonidan
yangi ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etilishining oldini olish uchun yashash joyi bo‘yicha ruhiy-asab
kasalliklari dispanserida (tuman (shahar) psixiatrining xonasida) majburiy ambulatoriya kuzatuvida
bo‘lish va davolanish tayinlanishi mumkin.
Yashash joyi bo‘yicha umumiy tartibli psixiatriya muassasasining umumiy kuzatiladigan
bo‘limida majburiy davolanish ijtimoiy xavfliligi umumiy asoslarda amalga oshirilishi mumkin
bo‘lgan davolashni talab etadigan holat bilan bog‘liq bo‘lgan, ruhiy holati buzilgan shaxslarga
nisbatan tayinlanishi mumkin.
Umumiy tartibli psixiatriya muassasasining maxsus reabilitatsiya bo‘limida majburiy
davolanish ijtimoiy xavfliligi ko‘proq ixtiyoriy tartibda amalga oshirilishi mumkin bo‘lmagan
reabilitatsiya choralari ko‘rilishini talab etadigan holat bilan bog‘liq bo‘lgan, ruhiy holati buzilgan
shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin.
Kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanish o‘ta ijtimoiy xavfli
bo‘lgan yoki o‘z xulq-atvorida umumiy tartibli psixiatriya shifoxonasi sharoitlarida zarur davolash va
reabilitatsiya choralarini amalga oshirish imkonini bermaydigan qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yadigan,
ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin. Ruhiy holati buzilgan shaxslar
kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida batamom ajratilgan holda saqlanadi va
qo‘riqlanadi.
Jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika yordami ko‘rsatish bo‘limlarida
hamda mahkumlarga mo‘ljallangan ixtisoslashgan shifoxonada majburiy ambulatoriya kuzatuvida
bo‘lish va davolanish aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan, jinoyat sodir
etish vaqtida ruhiy holati buzilganligi tufayli o‘z harakatlarining (harakatsizligining) ahamiyatini
to‘liq darajada anglay olmagan yoki ularni boshqara olmagan shaxslarga nisbatan tayinlanishi
mumkin.
(94-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining
181-moddasi
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-
dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov
choralarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
5-bandi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: