232 -modda. Sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashish Sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashish, ya’ni
ijro hujjatining ijro etilishiga to‘sqinlik qilishni yoki davlat ijrochisiga turli shaklda qonunga xilof
ravishda ta’sir o‘tkazishni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin davom ettirish, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan uch
yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmishlar mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch
yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch
yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(232 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son) 233-modda. Band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish Oldingi tahrirga qarang. Band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish, ya’ni band solingan yoxud
garovga qo‘yilgan mulkni ishonib topshirib qo‘yilgan shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda
o‘zlashtirish, rastrata qilish, yashirish, nobud qilish yoki unga shikast yetkazish ancha miqdorda
zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, xuddi shuningdek bank yoki boshqa kredit tashkiloti xodimi
tomonidan band solingan pul mablag‘lari (omonatlari) bilan bank operatsiyalarini amalga oshirish,
—
(233-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda) Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(233-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ- 586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Oldingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. Etkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va
ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
(233-modda ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 290-moddasi .