234-modda. Qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish
Oldingi
tahrirga qarang.
Bila turib, qonunga xilof ravishda ushlab turish, ya’ni tergovga qadar tekshiruvni amalga
oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan qonuniy
asosga ega bo‘lmagan holda shaxs erkinligining qisqa muddatga cheklanishi —
(234-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-
542-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha ozodlikni
cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(234-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining
27-bobi
(“Ushlab turish”).
Bila turib, qonunga xilof ravishda hibsga olish yoki hibsda saqlash —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir
yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(234-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining
221
,
222
,
242-moddalari
va
O‘zbekiston Respublikasining “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi
Qonuni
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: