Umumiy qoidalar


 -modda. Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə213/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

244 -modda. Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni
tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish
(244 -moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli 
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, qirg‘in solishga yoki
fuqarolarni zo‘rlik bilan ko‘chirib yuborishga da’vat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga
qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash, shuningdek diniy-
ekstremistik, terrorchilik tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatish yoxud
namoyish etish maqsadida tayyorlash, saqlash —
(244 -modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi
O‘RQ-405-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(244 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, qirg‘in solishga yoki
fuqarolarni zo‘rlik bilan ko‘chirib yuborishga da’vat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga
qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish, xuddi shuningdek fuqarolar
totuvligini buzish, tuhmatona, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalar tarqatish hamda jamiyatda
qaror topgan xulq-atvor qoidalariga va jamoat xavfsizligiga qarshi qaratilgan boshqa qilmishlarni
sodir etish maqsadida dindan foydalanish, shuningdek diniy-ekstremistik, terrorchilik
tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatish yoxud namoyish etish —
(244 -modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi
O‘RQ-405-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
1
1
1
1
1


mahrum qilish bilan jazolanadi.
(244 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ushbu moddaning
 birinchi 
yoki 
ikkinchi qismida 
ko‘rsatilgan harakatlar:
a) oldindan til biriktirib yoki bir guruh shaxslar tomonidan;
b) xizmat mavqeyidan foydalanib;
Oldingi
 tahrirga qarang.
v) diniy tashkilotlardan, shuningdek chet el davlatlari, tashkilotlari va fuqarolaridan olingan
moliyaviy yoki boshqa moddiy yordamdan foydalanib;
g) ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek
Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, —
(244 -modda uchinchi qismi dispozitsiyasining “v” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-
apreldagi O‘RQ-405-sonli 
Qonuniga 
asosan “v” va “g” bandlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-
son, 173-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(244 -modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-
II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
(Kodeks O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 621-I-son 
Qonuniga 
asosan 244 -modda
bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin