Umumiy qoidalar


-modda. Jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə210/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

241-modda. Jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish
Tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat haqida aniq bilgani
holda xabar bermaslik —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish
soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch
yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(241-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni oldindan va’da bermasdan yashirish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(241-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
241 -modda. Jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jinoyatlar to‘g‘risidagi arizalar, xabarlar va boshqa ma’lumotlarni qabul qilish, ro‘yxatdan
o‘tkazish yoki ko‘rib chiqish xizmat vazifalariga kiradigan mansabdor shaxsning jinoyatni hisobga
olishdan qasddan yashirishi, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch
yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish:
a) takroran sodir etilgan bo‘lsa;
1


b) bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;
v) og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(241 -modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 20-iyuldagi O‘RQ-485-sonli 
Qonuni 
tahririda
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son)

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin