Umumiy qoidalar



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə211/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

OLTINChI BO‘LIM
JAMOAT XAVFSIZLIGI VA JAMOAT TARTIBIGA QARShI JINOYATLAR
XVII bob. Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar
242-modda. Jinoiy uyushma tashkil etish
Jinoiy uyushma tashkil etish, ya’ni jinoiy uyushma yoxud uning bo‘linmalarini tuzish yoki unga
rahbarlik qilish, shuningdek, ularning mavjud bo‘lishi va ishlab turishini ta’minlashga qaratilgan
faoliyat —
Oldingi
 tahrirga qarang.
o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(242-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-
son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Uyushgan qurolli guruh tuzish, shuningdek unga rahbarlik qilish yoki unda ishtirok etish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(242-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-
son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 28-moddasining 
beshinchi qismi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
243-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, ya’ni mulk (pul mablag‘lari yoki
boshqa mol-mulk) jinoiy faoliyat natijasida topilgan bo‘lsa, uni o‘tkazish, mulkka aylantirish yoxud
almashtirish yo‘li bilan uning kelib chiqishiga qonuniy tus berish, xuddi shuningdek bunday pul
mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish,
ko‘chirish usulini, pul mablag‘lariga yoki boshqa mol-mulkka bo‘lgan haqiqiy egalik huquqlarini
yoki uning kimga qarashliligini yashirish yoxud sir saqlash, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga,
terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish
to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining 
uchinchi xatboshisi
 va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
2011-yil 11-fevraldagi 1-sonli “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga oid ishlar bo‘yicha
sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 
qarori
.
(243-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-sentabrdagi O‘RQ-223-sonli 
Qonuni
 tahririda —
O‘R QHT, 2009-y., 39-son, 423-modda)

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin