Jabrlanuvchi tomonidan qilingan g‘ayriqonuniy zo‘rlik yoki og‘ir haqorat, shuningdek uning
boshqa g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli to‘satdan yuz bergan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida
qasddan odam o‘ldirish —
Oldingi
tahrirga qarang.
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi.
(98-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan
odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
5
va
24-bandlari
, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 39-sonli “Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan zaruriy
mudofaa huquqini ta’minlovchi qonunlarni sudlar tomonidan qo‘llanishi haqida”gi qarorining 8-bandining
birinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha
jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 9-bandining
birinchi xatboshisi
.
99-modda. Onaning o‘z chaqalog‘ini qasddan o‘ldirishi
Onaning o‘z chaqalog‘ini tug‘ish vaqtida yoki tug‘ilishi hamon qasddan o‘ldirishi —
Oldingi
tahrirga qarang.
bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(99-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Dostları ilə paylaş: