102-modda. Ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirish Ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirish —
Oldingi tahrirga qarang. ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(102-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ- 389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda) Ehtiyotsizlik orqasida ikki va undan ortiq odam o‘ldirish —
Oldingi tahrirga qarang. ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash
yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(102-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ- 389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda) LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 22-moddasi . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27- iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 20 va 22-bandlari , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 11- bandi . 103-modda. O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish Oldingi tahrirga qarang. Shaxsni qo‘rqitish, unga rahmsiz muomala qilish yoki uning sha’ni va qadr-qimmatini muttasil
ravishda kamsitish natijasida uni o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yoki o‘zini o‘zi o‘ldirishiga suiqasd
qilish darajasiga yetkazish, –
uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) moddiy tomondan yoki boshqa jihatlardan aybdorga qaram bo‘lgan shaxsga nisbatan;
b) voyaga yetmagan shaxsga yoki homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
g) telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet butunjahon axborot tarmog‘idan
foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, —
yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 11- sentabrdagi 20-sonli “O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori . (103-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda) Oldingi tahrirga qarang.