Umumiy qoidalar


-modda. Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

105-modda. Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli bo‘lmagan va ushbu Kodeksning 
104-moddasida
nazarda tutilgan oqibatlarga olib kelmagan, lekin sog‘liqning uzoq vaqt, ya’ni kamida yigirma bir
kun, ammo to‘rt oydan ko‘p bo‘lmagan davrda yomonlashuviga yoki umumiy mehnat
qobiliyatining o‘n foizidan o‘ttiz uch foizigacha yo‘qolishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga
o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish ushbu Kodeksning 
126 -moddasida 
nazarda tutilgan jinoyat
alomatlari mavjud bo‘lmasa —
(105-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-
829-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari
yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(105-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-
421-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish:
a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;
b) homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan;
v) o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin
qarindoshlariga nisbatan;
g) o‘ta shafqatsizlik bilan;
d) ommaviy tartibsizliklar jarayonida;
e) tamagirlik niyatida;
j) millatlararo yoki irqiy adovat zamirida;
1


z) diniy taassublar zamirida;
i) bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoxud shu guruh manfaatlarini
ko‘zlab;
k) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 
104-moddasida 
nazarda tutilgan
qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyatini sodir etgan yoxud ushbu Kodeksning 
97-
moddasida 
nazarda tutilgan qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etgan shaxs tomonidan;
Oldingi
 tahrirga qarang.
l) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
m) qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib sodir
etilgan bo‘lsa, —
(105-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasining “l” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 5-
noyabrdagi O‘RQ-645-sonli 
Qonuniga 
asosan “l” va “m” bandlar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2020-y., 03/20/645/1469-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(105-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-
389-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-
iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi
qarori
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 29-oktabrdagi 13-sonli “Nomusga tegish va
jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 3-
bandining 
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 25-noyabrdagi 9-sonli
“O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib o‘tish tartibini buzishga oid ishlar bo‘yicha sud
amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining 
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2013-yil 6-sentabrdagi 18-sonli “Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga
oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 13-bandining 
ikkinchi xatboshisi
.

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin