22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
110-modda. Qiynash Oldingi tahrirga qarang. Muttasil ravishda do‘pposlash yoki boshqacha harakatlar bilan qiynash, agar ushbu
Kodeksning
104
,
105-moddalarida,
126 -moddasining
to‘rtinchi — sakkizinchi qismlarida
nazarda
tutilgan oqibatlarni keltirib chiqarmagan bo‘lsa, —
(110-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ- 829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son) Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir
yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(110-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ- 586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) O‘sha harakatlar:
a) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan;
b) homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan;
v) ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(110-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ- 421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27- iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisi , 25-bandi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14- iyundagi 9-sonli “Bezorilikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 13-bandi .