v) telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet butunjahon axborot tarmog‘idan
foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 11-
sentabrdagi 20-sonli “O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti
to‘g‘risida”gi qarori
1 — 4
,
6-bandlari
, 7-bandining
ikkinchi xatboshisi
.
(103 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son
Qonuniga
asosan
kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
II bob. Sog‘liqqa qarshi jinoyatlar
104-modda. Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish
Oldingi
tahrirga qarang.
Sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish
natijasida ko‘rish, so‘zlash, eshitish qobiliyatini yo‘qotish yoxud biron a’zoning ishdan chiqishi yoki
uning faoliyati tamoman yo‘qolishiga, ruhiy holatining buzilishiga yoki sog‘lig‘ining
boshqacha
tarzda buzilishiga, umumiy mehnat qobiliyatining o‘ttiz uch foizidan kam bo‘lmagan qismining
doimiy yo‘qolishiga yoki homilaning tushishi yoxud badanning
tuzalmaydigan darajada
xunuklashishiga sabab bo‘lsa va ushbu Kodeksning
126 -moddasida
nazarda tutilgan jinoyat
alomatlari mavjud bo‘lmasa, —
(104-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-
829-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan
besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(104-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-
389-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish:
a) homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan;
b) o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin
qarindoshlariga nisbatan;
v) o‘ta shafqatsizlik bilan;
g) ommaviy tartibsizliklar jarayonida;
d) tamagirlik niyatida;
e) bezorilik oqibatida;
j) millatlararo yoki irqiy adovat zamirida;
z) diniy taassublar zamirida;
Oldingi
tahrirga qarang.
i) inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini olish maqsadida;
(104-modda ikkinchi qismining “i” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 23-iyundagi
O‘RQ-780-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 03/22/780/0560-
son)
Oldingi
tahrirga qarang.
k) bir guruh shaxslar tomonidan;
l) qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan
ashyolarni ishlatib sodir
etilgan bo‘lsa, —
(104-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasining “k” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 5-
noyabrdagi O‘RQ-645-sonli
Qonuniga
asosan “k” va “l” bandlar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2020-y., 03/20/645/1469-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
1
1
(104-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-
son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish:
a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;
b) takroran, xavfli retsidivist yoki
ilgari ushbu Kodeksning
97-moddasida
nazarda tutilgan
tarzda qasddan odam o‘ldirgan shaxs tomonidan;
v) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
g) uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoki shu guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa;
d) jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(104-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-
II-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-
iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi
qarori
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 12-sonli “Odam savdosiga
oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 14-bandining
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 29-oktabrdagi 13-sonli “Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni
g‘ayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 3-bandining
ikkinchi
xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 25-noyabrdagi 9-sonli “O‘zbekiston
Respublikasining davlat chegarasini kesib o‘tish tartibini buzishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti
to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil
6-sentabrdagi 18-sonli “Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha sud
amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 13-bandining
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 9-sonli “Bezorilikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi
qarorining
12-bandi
.
Dostları ilə paylaş: