Metodning qo‘llanilishi. So‘zlarning semantik tuzilishidagi tarkibiy qismlarni tahlil qilishda keng qo‘llaniladi. SH.Iskandarova va M.SHokirovalar o‘z tadqiqotlarida ushbu metoddan foydalanib, “shaxs oti” semasiga kiruvchi “sport” sememali shaxs otlarni tahlil qiladi. Buni quyidagicha aks ettirish mumkin:
Jadval-1: O‘zbek tilidagi «shaxs» arxisemali sportga oid birliklar
Semalar
|
Sememalar
|
“Tur” semasi: sprinterchi (poyga musobaqalarida), pancher (boksda), yarim himoyachi (futbolda), gregar (velopoygada), laynsmen (futbolda) tarzidagi birliklar;
“Mavqe” semasi: sardor, murabbiy, sport ustasi kabilar;
“Muxoliflik” semasi: raqib; “G‘oliblik” semasi: chempion, g‘olib, mag‘lub, autsayder, peshqadam;
“Bevosita ishtirok” semasi: keddi (golfda yordamchi), zaxiradagi o‘yinchi (futbol), dublyor, naparnik, sparring sherik kabilar.
|
“Sport” sememali shaxs otlari: sportchi, kurashchi, gimnastikachi, futbolist, raqib, chempion, murabbiy, sardor, sport ustasi, hakam(sudya);
|
Ko‘rinadiki, komponent tahlilda so‘zning semantik tuzilishidagi komponentlar tahlil qilinadi va semalar va sememalarning o‘zaro munosabatlari, ma’no qirralari tahlil qilinadi.
Savollar:
Oppozitsion tahlilning fonologik sath birliklarini ilmiy tekshirishdagi o‘rni qanday?
Fonologik sath birliklarini tahlil qilish metodlari qaysilar?
Distributiv tahlilning fonologik til birliklarini tahlil qilish tamoyillari qanday?
Bevosita ishtirokchilarga ajratish metodi fonologiya tizimida qo‘llanilish prinsipi qanday?
Komponent tahlil metodining leksik-semantik sath birliklarining tahlilidagi o‘rni qanday?
Komponent tahlilning qo‘llanish bosqichlari qanday?
Dostları ilə paylaş: |