Umumiy tilshunoslik kafedrasi


Foydalanish uchun adabiyotlar



Yüklə 471,78 Kb.
səhifə42/64
tarix18.05.2023
ölçüsü471,78 Kb.
#116299
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   64
Umumiy tilshunoslik kafedrasi

Foydalanish uchun adabiyotlar:
1. Umarxo‘jaev M.E. Umumiy tilshunoslik. – Andijon, 2007.
2. Sodiqov A., Xolmurodov A. Umumiy tilshunoslik. – Toshkent, 2014.
3. Kondrashov N.A. Istoriya lingvisticheskix ucheniy.– M., 2009.
4. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. – T, 2010.

12-MA’RUZA. TIL SATHLARI BO‘YICHA METODLARNING QO‘LLANILISHI. MORFEM VA SO‘Z YASALISH, MORFOLOGIK, SINTAKTIK SATHLAR


Reja:
1. Tilni morfem va so‘z yasalish darajada tahlil qilish metodlari.
2. Tilni morfologik darajada tahlil qilish metodlari.
3. Tilni gap darajasida tahlil qilish metodlari.


1. Tilni morfem va so‘z yasalish darajada tahlil qilish metodlari.
Transformatsion metod, distributiv metod tilni morfem va so‘z yasalish darajada tahlil qilish metodlari sifatida qo‘llanilishi mumkin.
Transformatsion metod. Ushbu metod asosan gap darajada keng qo‘llaniladi. Biroq gap transformalarini hosil qilishda morfemalarning o‘zgartirilishi nuqtai nazardan morfem va so‘z yasalish sathida ishlatilishi ham mumkin. Zero, morfemalar gap transformatsiyalarini ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etadi. Morfemalarning quyidagi turlari qayd etiladi: 1) segment (bo‘lak) morfemalari (bular so‘z va gap qismlari, ya’ni affiks, yordamchi so‘z kabilarni ifodalaydilar); 2) supersegment morfemalar, ya’ni gapning grammatik xususiyatini izoxlovchi, lekin bevosita gap tarkibida ifoda topmaydigan vositalar (masalan, intonatsiya). Keyingi bosqichda segment morfemalar ham bir necha turlarga ajraladilar: 1) alohida so‘z bilan bog‘liq bo‘lgan morfemalar (affikslar); 2) alohida so‘z bilan bog‘liq bo‘lmagan morfemalar (predlog, poslelog, bog‘lovchi, yuklama kabilar) (Bushuy, Safarov, 2007, b. 142-143). Qayd etish joizki, morfemalarning hammasi ham transformatsiya amallarini to‘la bajarishda qo‘l kelmaydi. Bunda, asosan, shakl yasovchi morfemalar faol qo‘llaniladi, so‘z yasovchilar esa deyarli passiv darajada qo‘llaniladi. Quyidagi gap transformasida so‘z yasovchi morfemaning ishtirokini ko‘rish mumkin: U hayajonlanmoqda - U hayajonda.
So‘z yasovchi morfemalarning transformatsion amallardagi o‘rni sintaksis va so‘z yasalish tizimi o‘rtasidagi bog‘liqlikda yaqqol ko‘rinadi. Bunda grammatik morfemalarning o‘zgarishi transformalarning har xilligini yuzaga keltiradi.

Yüklə 471,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin