1. Lingvistik tipologiya haqida tushuncha.
Tipologiya turli fan sohalarida qo‘llanilishiga ko‘ra, ikki turga bo‘linadi: lingvistik va nolingvistik tipologiya.
Lingvistik tipologiya – qiyosiy tilshunoslikning bir yo‘nalishi bo‘lib, quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: a) dunyo tillarini tasniflash; b) til universaliyalari (barcha tillarda mavjud bo‘lgan lingvistik hodisalar), dominantalari (dunyo tillarining aksariyatida mavjud bo‘lgan til hodisalari), frekventaliyalar (dunyo tillarining ba’zilarida uchraydigan til faktlari) va unikaliyalar (dunyo tillarining faqat bir yoki ikki tiliga xos bo‘lgan til hodisalari)ga asos solish; v) til shakllarining turlarini barpo etish; g) qiyoslanayotgan tillar uchun metatillarni ishlab chiqish (YUsupov, 2013, b. 6).
J.Buranovning ta’kidlashicha, lingvistik tipologiya tadqiqot ob’ektiga ko‘ra quyidagi to‘rt turga bo‘linadi: a) genetik tipologiya; b) struktural tipologiya; v) areal tipologiya va g) qiyosiy tipologiya (Buranov, 1983, b. 33).
Lingvistik tipologiyaning asosiy namoyondalari sifatida V. fon. Gumboldt, A. SHlaxer, J. Grinberg, YU.V. Rojdetsvenskiy, B.Uspenskiy boshqa olimlar ta’kidlanadi (YUsupov, 2013, b. 6). Ular o‘z ishlarida lingvistik tipologiyaning xususiyatlarini tavsiflab berganlar.
2. CHog‘ishtirma tilshunoslik va uning lingvistikaning boshqa sohalari bilan aloqasi.
Dostları ilə paylaş: |