3. CHog‘ishtirma metodning tavsifi va qo‘llanilish tamoyillari.
Qiyosiy-tipologik metod (chog‘ishtirma metod). Ushbu metod genetik va struktural xususiyatlaridan qati nazar tillarni bir-biriga qiyoslashda qo‘llaniladi. Qiyoslanayotgan tillarning soni chegaralangan bo‘ladi. Qiyosiy-tipologik metod tilning barcha sathlarida tipologik tadbir olib boradi. YA’ni u o‘rganilayotgan til elementi yoki til hodisasini tahlil qilishda sathlararo yondashuvga asoslanadi. Ushbu tahlil metodining asosiy tamoyili uning binarlik xususiyatidir. YA’ni, genetik va struktural jihatdan ikki turli xil tillar o‘sha genetik va struktural turning vakili sifatida qiyoslanadi. Keyinchalik qiyoslanayotgan tillar soni ortib borishi mumkin.