CHet el tillarini amaliy o‘rganish. Xorijiy tilni o‘qitish jarayonida chet til va ona til sistemasi taqqoslanadi, ayni vaqtda ushbu taqqoslash til o‘qitish metodi sifatida qaraladi.
Tillarni nazariy o‘rganish. Turli tillar sistemalarini nazariy o‘rganish turli lingvistik masalalar (lingvistik, ekstralingvistik kategoriyalar, til va tafakkur munosabatlari, lingvistik ehtimollik)ni hal etish imkonini berdi bu esa qiyosiy tipologiya fanining paydo bo‘lishi va rivojlanishini yanada kuchaytirdi.
Demak, ta’kidlash joizki, yuqoridagi omillar qiyosiyy tipologiya fanining shakllanishi va rivojlanishida asosiy ahamiyat kasb etdi. Qiyosiy tipologiya ba’zi lingvistik fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Bunda qiyosiy tipologiya o‘z yotuqlari bilan mazkur fanlarning taraqqiyotiga sezilarli ta’sir etadi. Bu fanlarning o‘zaro bog‘liqligini quyida ko‘rishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: |