Qiyosiy tipologiya va tarjima. Bu ikki fan quyidagi umumiy vazifani bajarish nuqtasida kesishadi: ikki yoki undan ortiq tillar sistemasidagi o‘xshash va o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlash. YA’ni, o‘rganilayotgan (chog‘ishtirilayotgan yoki tarjima jarayoni amalga oshirilayotgan) tillar sistemasidagi o‘ziga xoslik va o‘xshashlik qonuniyatlari har ikkala fan uchun ham qiziq. SHuningdek, bu ikki fanning tadqiqot metodlari va predmetlari ham o‘xshatiladi. O‘zbek tilshunos olimi J.B.Bo‘ronov mazkur ikki fanning o‘rtasidagi o‘xshashliklarni quyidagicha bayon etadi (Bo‘ronov, 1973, b. 237-38):
1) qiyosiy tipologiya va tarjima nazariyasi umumiy mazmun planining tarkibiy qismiga asoslanadi;
2) qiyosiy tipologiya va tarjima nazariyasi bajaradigan ish jarayoni o‘xshashdir, ya’ni abstraktlash (mavhumlash)dan korrespondensiyalash (muvofiqlashuv)ga yoki analizdan sintezga o‘tadi;
3) qiyosiy tipologiya va tarjima nazariyasi ikki yoki undan ortiq til sistemalari yaruslararo birliklarining natijalariga asoslanib ish ko‘radi;
4) tarjima nazariyasi va qiyosiy tipologiya qardosh va qardosh bo‘lmagan tillar sistemalarini universal ravishda tadqiq qiladi.
Dostları ilə paylaş: |